Biznes uchun qariyb 500 milliard dollar. Tramp yangi qonunni imzoladi

Olam

image
Sukerberg, Mask, Bezos... Dunyo boylari Trampning maslahatchisi bo‘ldi north_east

Sukerberg, Mask, Bezos... Dunyo boylari Trampning maslahatchisi bo‘ldi

AQSH Prezidenti Donald Tramp juma kuni koronavirus va uning oqibatlari bilan kurashish uchun qariyb 500 milliard dollarga tushadigan moliyaviy yordam to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. mablag‘ning asosiy qismi mamlakatdagi kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.

Bundan tashqari, qonun loyihasida shifoxonalar va tibbiyot xodimlariga 75 milliard dollar va COVID-19 sinov dasturini kengaytirish uchun 25 milliard dollar ajratish ko‘zda tutilgan. AQSH Kongressida ushbu hujjat bir ovozdan ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, mart oyida AQSH 2,3 trln. dollarlik iqtisodiy yordam paketini tasdiqlangandi. Ushbu hujjatda ham kichik biznes uchun 350 milliard dollar ajratilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp hozirda AQSH iqtisodiyotini tezroq oyoqqa turg‘azishga shoshilmoqda. U shtat gubernatorlariga tezroq cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qilgan. Joriy yilning 20 aprelidan ba’zi shtatlardagi korxonalarni faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilishiga ruxsat berilgan. Shuningdek, 16 shtatda sanitariya cheklovlari olib tashlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 925 758 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 110 432 nafari sog‘aygan, 52 217 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 763 109 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing