AQSHda sutkalik kasallanishlar bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Texas millionlik “dovon”dan o‘tdi

Olam

image

AQSHda ilk bor bir sutka davomida koronavirus aniqlanganlar soni 140 mingdan oshdi va 145 835 nafarni tashkil qildi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Shu bilan birga, taxminan bir haftada koronavirusga chalinganlarning sutkalik ko‘rsatkichi 104 mingdan 145 minggacha ko‘tarilgan.

O‘tgan sutkada 1549 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan, mamlakat bo‘ylab 64 ming odam shifoxonaga yotqizilgan.

Texas koronavirusga chalinganlar soni 1 mlndan oshgan ilk shtat bo‘ldi.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, AQSHda 10,3 mlndan ortiq odam koronavirusga chalingan, 241 ming nafari vafot etgan. Mamlakat bu ikki ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing