AQSHda yarim milliondan ortiq odam koronavirusdan o‘lishi bashorat qilindi

Olam

image

Amerikalik olimlarning fikriga ko‘ra, ommaviy emlashga qaramay, Qo‘shma Shtatlarda koronavirusdan yarim milliondan ortiq odam o‘lishi mumkin. Bu haqda Vashington universiteti Tibbiyot maktabi qoshidagi sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichi va baholash instituti (IHME) hisobotida ma’lum qilindi.

Hujjatda bayon qilinishicha, Qo‘shma Shtatlarda COVID-19 qurbonlari soni 2021 yil 1 apreligacha 539 ming kishiga ko‘payishi mumkin. Shu bilan birga, olimlarning fikriga ko‘ra, kunlik o‘limning eng yuqori darajasi 3 mingga yetadi, bu ko‘rsatkich kelgusi yilning yanvar oyi o‘rtalarida bo‘ladi.

Avvalroq, AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden aholini koronavirusga qarshi majburiy emlashni talab etmasligini ma’lum qilgan edi.

Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan beri Qo‘shma Shtatlarda 14,5 milliondan ortiq odamda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan, 280 mingdan ortiq bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing