Kurs UZS

USD

12 980.33

11.95

EUR

14 779.40

436.37

RUB

154.51

2.14

Tramp ilk bor omma oldida himoya niqobida ko‘rinish berdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp pandemiya boshlanganidan beri ilk tibbiy niqob taqib ommaga ko‘rinish berdi. U Vashington chetidagi Milliy harbiy-tibbiy markazga niqobda bordi.

“O‘ylashimcha, siz shifoxonada bo‘lganingizda, yana ko‘plab askarlar va odamlar bilan muloqotda bo‘lsangiz, ular esa yaqinda jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bo‘lsa, bu juda ajoyib narsa – niqob taqish”, degan Tramp.

Shu chog‘gacha Prezident omma oldida niqob taqishdan bosh tortib, boshqalarni ham bunga majburlamayotgandi. U niqob taqish barchaning o‘z tanlovi ekanini ta’kidlab kelayotgandi.

Ammo shunga qaramay u atrofda odam ko‘p bo‘lib, ijtimoiy masofani saqlash imkoni bo‘lmasa, niqob taqishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Koronavirus AQShda

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing