AQSHda koronavirusdan o‘lim holatlari pasaymoqda – Tramp
Olam
−
06 iyul 2020
7181AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha. 5 iyul kuni Qo‘shma Shtatlarda yangi koronavirus bilan kasallanganlar orasida infeksiyalar soni ko‘payib borayotganiga qaramay, o‘lim hollari kamayganini aytdi.
"Xitoy virusi bilan kasallanishning yangi holatlari ommaviy testlar tufayli o‘sib bormoqda. O‘lganlar soni kamroq, [o‘lim holatlari] past va barqaror. Soxta ommaviy axborot vositalari bu haqda xabar berishlari kerak. Shuningdek, yangi ish o‘rinlari soni rekord darajaga yetdi”, deb yozdi Oq uy rahbari o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Federal va mahalliy hokimiyat ma’lumotlari asosida hisob-kitoblarni amalga oshiradigan Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda 2 888 586 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 129 947 odam vafot etgan.
LiveBarchasi