Sukerberg, Mask, Bezos... Dunyo boylari Trampning maslahatchisi bo‘ldi

Olam

GettyImages-697897426

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatni koronavirus pandemiyasidan keyin inqirozdan olib chiqish uchun “Amerika buyuk iqtisodiy tiklanishi” loyihasi amalga oshirilishini ma’lum qilid. Oq uy rasmiy saytida loyihaga kimlar jalb etilishi e’lon qilindi.

Oq uy tuzgan qator sohaviy guruhlar “Iqtisodiy qayta tiklanish bo‘yicha buyuk amerika guruhlari” degan jarangdor nom bilan ataldi.

“Amerikaning eng yetakchi rahbarlaridan tashkil topgan mazkur guruhlar Oq uy ma’muriyati bilan birgalikda Amerikaning kelajakdagi misli ko‘rilmagan taraqqiyot yo‘lini belgilash ustida ish olib boradi. Salomatlik va boylik Amerikaning bosh maqsadi va bu guruhlar nisbatan mustaqil millatning asosini yaratadi”, deyiladi Oq uy hisobotida.

Oq uy qishloq xo‘jaligi, bank, qurilish, mudofaa, energetika, moliya, oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash, ko‘chmas mulk, texnologiya, aloqa, transport, sport kabi sohalar bo‘yicha guruhlar tuzgan. Guruhlarga jami 200 ga yaqin mutaxassislar kiritilgan. 

Ularning orasida dunyoga mashhur biznesmenlar, moliyachi, sport sohasi vakillari ham bor. Jumladan, Ilon Mask, Tesla bosh direktori; Jeff Bezos, Amazon kompaniyasining bosh direktori; Tim Kuk, Apple bosh direktori; Mark Sukerberg, Facebook bosh direktori; Devid Solomon, Goldman Sachs bosh direktori; Stiven Shvarsman, Blackstone kompaniyasining bosh direktori; Jeyms Kuinsi, Coca-Cola bosh direktori; Kris Kempchinski, McDonald’s bosh direktori; Jeyms Daymon, JPMorgan Chase bosh direktori; Jeyms Gorman, Morgan Stanley bosh direktori; Merilin Xyuson, Lockheed Martin bosh direktori; Adjay Banga, Mastercard prezidenti; Dana Uayt, Ultimate Fighting Championship (UFC) prezidenti va boshqa ko‘plab trnaschegaraviy korporatsiyalar menejerlari Oq uy ro‘yxatiga kiritilgan. 

Loyihaga jalb qilingan shaxslarning asosiy vazifasi inqirozdan keyin AQSH iqtisodiyotini tiklash masalasida Trampga maslahat berish.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh inqiroz pandemiya

Baholaganlar

250

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing