Kurs UZS

USD

12 969.56

-10.77

EUR

14 768.44

-10.96

RUB

157.09

2.58

Tramp Falastin tarafdori bo‘lgan talabalarning vizasini bekor qilmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 29 yanvar kuni antisemitizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi va AQSH fuqarosi bo‘lmagan talabalar va Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarda qatnashgan boshqa shaxslarni deportatsiya qilishga va’da berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrga yetib kelgan hujjatda AQSH Adliya vazirligi tomonidan “Amerika yahudiylariga qarshi terroristik tahdidlar, o‘t qo‘yish, vandalizm va zo‘ravonlik”ni ta’qib qilish va “kampuslar va ko‘chalarda antisemitizm portlashi” deb atalgan narsaga qarshi kurashish uchun barcha federal resurslarni ishga tushirish uchun “tezkor choralar” ko‘rishni va’da qilinadi.

“Jihodchilarni qo‘llab-quvvatlovchi norozilik namoyishlariga qo‘shilgan barcha musofirlarni ogohlantiramiz: 2025 yilga kelib, biz sizni topamiz va deportatsiya qilamiz. Shuningdek, men har doimgidek radikalizm bilan to‘lib ketgan kollejlar kampuslaridagi barcha HAMAS tarafdorlarining talabalik vizalarini ham tezda bekor qilaman”, dedi Prezident 2024 yilgi saylovoldi va’dasini takrorlab.

Huquq guruhlari va huquqshunos olimlarning aytishicha, yangi chora konstitutsiyaviy so‘z erkinligi huquqlarini buzadi va huquqiy muammolarga olib kelishi mumkin.

AQSHdagi 80 dan ortiq universitetda Isroilga qarshi namoyishlar davom etmoqda north_east

AQSHdagi 80 dan ortiq universitetda Isroilga qarshi namoyishlar davom etmoqda

“Birinchi tuzatish Qo‘shma Shtatlardagi barchani, shu jumladan Amerika universitetlarida tahsil olayotgan chet el fuqarolarini ham himoya qiladi. Fuqaroligi bo‘lmaganlarni siyosiy nutqi asosida deportatsiya qilish konstitutsiyaga zid bo‘ladi”, dedi Kolumbiya universitetidagi Knight First Emendment institutining katta advokati Kerri DeKell. 

AQSHdagi musulmonlarni himoya qiluvchi yirik guruh ˗ Amerika-Islom munosabatlari kengashi esa agar Tramp bu ishni amalga oshirishga harakat qilsa, bu qarorga sud orqali e’tiroz bildirishni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

"Buyruqqa muvofiq agentlik va departament rahbarlaridan 60 kun ichida Oq uyga antisemitizmga qarshi kurashda ishlatilishi mumkin bo‘lgan barcha jinoiy va fuqarolik organlari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etishi shart", deyiladi fakt varaqasida.

Arab Amerika instituti, tarafsiz fuqarolik huquqlari tashkiloti ijrochi direktori Maya Berri esa guruh Isroilni tanqid qilish va antisemitizmni aniq bir-biriga tenglashtirilayotganidan qattiq tashvishda ekanini aytdi. Berrining aytishicha, bu buyruq AQSH bo‘ylab so‘z erkinligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh viza Donal'd Tramp Isroil talabalar HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing