AQSHdagi 80 dan ortiq universitetda Isroilga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Olam

image

Amerika universitetlarida ikki haftadan buyon davom etib kelayotgan Isroilga qarshi ommaviy namoyishlar davomida politsiya 2000 dan ziyod ishtirokchilarni hibsga olgan. Bu haqda “New York Times” gazetasi xabar qildi. 

Uzoq sukutdan so‘ng AQSH Prezidenti Jo Bayden namoyishlar haqidagi fikrini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH universitetlarida bir necha hafta davom etgan Falastin tarafdorlarining namoyishlari uning Isroil va Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatini o‘zgartirmaydi.

"Norozilik namoyishlari demokratiyaning ajralmas qismidir. Ammo noroziliklar hech qachon tartibsizliklarga olib kelmasligi kerak", deydi Bayden. 

“The Guardian” gazetasiga ko‘ra, Amerika bo‘ylab 80 dan ortiq kollejlar kampusida Isroil siyosatiga norozilik bildiruvchi lagerlar tashkil etilgan. Biroq namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun politsiya yetib kelganidan keyin ularning ba’zilarida tartibsizliklar boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, 30 aprel kuni Nyu-York politsiyasi Kolumbiya universiteti kampusiga kirib, binolardan birini egallab olgan Falastin tarafdori bo‘lgan namoyishchilarni hibsga olgan edi.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh namoyishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing