Tramp Eronga 2 tlrn dollarlik zamonaviy qurol bilan zarba bermoqchi
Olam
−
05 yanvar 2020
12187Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganidan keyin AQSH va Eron munosabatlari tubsiz jarlikka qarab ketyapti. Eron AQSH fuqarolari yoki ob’ektlariga hujum qilsa, Amerika 2 trln dollar sarflangan o‘ta zamonaviy qurol bilan javob qaytarishga shay holatga keldi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
“Qo‘shma Shtatlar yaqinda harbiy texnikaga 2 trln dollar sarfladi”, deydi Prezident Twitter`dagi sahifasida.
U Eron hujumga o‘tsa, AQSH ularga ko‘lami bo‘yicha qiyosi yo‘q darajada dahshatli javob qaytarishini ta’kidladi.
“Agar Eron Amerika bazasiga yoki har qanday amerikalikka hujumga o‘tsa, biz mutlaqo yangi qurilmaning bir qismini ular tomonga yuboramiz... va hech bir ikkilanishsiz”, degan Tramp.
AQSH Prezidenti bundan avvalroq, Eronning 52 ta nuqtasiga tez va kuchli zarba berishga va’da bergandi. AQSH zarba berishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar orasida Eron madaniyatiga oid obidalar ham bor. Agarda Amerika bu ob’ektlarga hujum qilsa, bu xalqaro huquq normalariga zid harakat bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 yanvar kuni Iroqda AQSH harbiylari foydalanadigan harbiy baza va Bag‘doddagi Amerika elchixonasi joylashgan “Yashil hudud”ga raketa hujumi uyushtirildi.
Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining “Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy AQSHning Bag‘dod xalqaro aeroportiga havo hujumi vaqtida o‘ldirildi. Pentagon operatsiyaga buyruq shaxsan Prezident Donald Trampdan kelganini ma’lum qildi.
Sulaymoniy boshchiligidagi “Quds” bo‘linmasi Eronning mamlakat tashqarisidagi o‘ta muhim operatsiyalarini amalga oshirgan. Shuningdek, general to‘g‘rtidan-to‘g‘ri Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiyga bog‘langani haqida ma’lumotlar mavjud. Uning o‘limidan keyin Oliy rahbar AQSHdan qasos olishni va’da berdi va keyinroq Sulaymoniyning o‘rinbosari Ismoil Qoonini “Quds” qo‘mondoni etib tayinladi.
LiveBarchasi