Eron AQSHning aybloviga javob qaytardi
Olam
−
13 iyul 2022
13857Eron Ukrainadagi urushga qarshi va bu borada bir nechta rasmiy bayonot e’lon qilgan. Eron Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Nosir Kenani Oq uyning rasmiy Tehron urush uchun Rossiyaga dronlar yetkazib bermoqchiligi haqidagi bayonotlariga shunday javob qaytardi.
Kenani Eron qurollari Ukrainadagi urushda qo‘llash uchun Rossiyaga yuborilishi haqidagi iddaolarga javoban Tehron va Moskva o‘rtasida yangi texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik urushdan oldin boshlanganini va hozircha bu borada bir yangilik yo‘qligini ta’kidladi.
Kenani bayonotida AQSH va ba’zi Yevropa davlatlarini ayrim bosqinchi davlatlarni qirg‘in qurollari bilan ta’minlashda ayblagan. Bu o‘rinda vazirlik vakili avvalo Isroilni misol keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan Oq uydagi brifingda Eron Ukrainadagi urushda foydalanishi uchun Moskvaga yuzlab dronlar yuborishga tayyorlanayotganini aytib o‘tgandi.
LiveBarchasi