Bayden va Eron Tramp barbod qilgan kelishuv ustida muzokaralarni boshladi
Olam
−
17 yanvar 2021
6136AQSHning saylangan Prezidenti Jo Baydenning maslahatchilari Eron bilan yadro kelishuvini tiklash bo‘yicha kelishuvlarni boshladi. Bu haqda Isroil televideniyesi ma’lum qildi.
AQSH rasmiylari Baydenning inauguratsiyasidan bir necha kun oldin Isroilga rasmiy Tehron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muloqot boshlanganini ma’lum qilgan.
Tel-Aviv, o‘z navbatida, yadroviy kelishuvni kengaytirishga erishmoqchi: unga Eronning ballistik raketa dasturidagi cheklovlarni, shuningdek, Tehronning terroristik harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini kiritmoqchi.
2018 yilda Tramp boshliq AQSH Eron bilan 2015 yilda imzolangan uranni to‘yintirish bo‘yicha yadro kelishuvidan chiqib ketgandi. Shundan so‘ng, kelishuv amalda to‘xtab qolgandi.
2020 yil noyabr oxirida esa Eron shimolida mamlakatning “yadro dasturi otasi” deb atalgan yadrochi olim Muhsin Fahrizoda o‘ldirilgandi. Tehronda olimning o‘ldirilishiga Isroil aloqador deb hisoblanmoqda.
Shundan keyin Eron yanvarda Fordodagi yadro ob’ektida 20 foizgacha boyitilgan uran ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ydi. AQSH davlat departamentida bu Eron tomonidan “yadroviy tovlamachilik” deb atalgan va Eronning yadro dasturi muqarrar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi aytilgan.
LiveBarchasi