Qozog‘iston yadroviy davlatlarni “imkon qadar tez fursatda” kelishib olishga chaqirdi
Olam
−
23 iyun
2091AQSH tomonidan Erondagi yadroviy ob’ektlarga uyushtirilgan zarbalardan so‘ng Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) Yaqin Sharqdagi vaziyatning yomonlashayotganidan chuqur xavotir bildirdi. Bu haqda mamlakat TIV bayonot e’lon qildi.
“AQSHning Eronga qarshi so‘nggi harbiy harakatlari oqibatida global vaziyat jiddiy darajada yomonlashmoqda, bu esa dunyoning biz yashayotgan qismidagi davlatlar xavfsizligiga tahdid soladi”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston Eron bilan turli sohalarda hamkorlik olib bormoqda va TIV barcha kelishmovchiliklar, jumladan yadroviy masalalar, BMT Nizomiga asoslangan muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishi lozimligini ta’kidlagan.
“Yadro qurolining tarqalishini oldini olish va xalqaro nazorat ostida bu rejimga amal qilayotgan davlatlarning xavfsizligini kafolatlash maqsadida barcha manfaatdor davlatlarni imkon qadar tez fursatda yangi kelishuv ishlab chiqishga chaqiramiz”, deyiladi Qozog‘iston tashqi siyosiy idorasi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Erondagi uchta muhim yadroviy ob’ektga zarba bergan, shundan so‘ng AQSH Prezidenti Donald Tramp Tehronni taslim bo‘lishga chaqirgandi. Eron esa yadroviy dasturini davom ettirishga va AQSH zarbalariga javob berishga tayyor ekanini bildirgan.
Mazkur vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ham bayonot berib, Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotgani chuqur xavotir uyg‘otayotganini. O‘zbekiston doimo mintaqadagi barcha tomonlarni o‘zaro muzokaralar orqali tinchlik yo‘lida harakat qilishga chaqirib kelganini bildirgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul