Tehron yadro dasturini davom ettirish imkoniyatiga ishonmoqda

Olam

image

Eron rahbariyati Isroil va AQSHning yadroviy inshootlarga zarba berishiga qaramay, yadroviy dasturini davom ettirish imkoniyatini ta’minlaganini da’vo qilmoqda. Bu haqda Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Islomiy kecha, 24 iyun kuni davlat televideniyesi orqali ma’lum qildi.

“Biz zarur choralarni ko‘rdik va yetkazilgan zararni baholayapmiz”, deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron yadroviy inshootlarni qayta ishga tushirish bo‘yicha rejalarni oldindan tayyorlab qo‘ygan va ularning uzluksiz ishlashini kafolatlamoqchi.

O‘z navbatida, AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron endi yadro salohiyatiga ega emasligini yana bir bor ta’kidladi. Shu bilan birga, Gaagadagi NATO sammitiga uchishdan oldin u jurnalistlar bilan suhbatda har ikki tomondan, ayniqsa Isroildan norozi ekanini aytib, Isroil va Eronni sulhni buzganlikda aybladi.

Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Tramp Isroilga murojaat qilib, katta harflar bilan “bu bombalarni tashlashni” to‘xtatish va “uchuvchilarni zudlik bilan uylariga olib kelish”ga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron yadro dasturi Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing