Tramp Amerika vaksinasi tez orada tayyor bo‘lishini ma’lum qildi

Olam

image
Tez orada koronavirusga qarshi Amerika vaksinasi tayyor bo‘ladi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’lum qilgan
 
Kecha, 22 oktyabr kuni Tramp Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden bilan ikkinchi debatini o‘tkazgan. Debat davomida u vaksina mavzusiga ham to‘xtalgan.
 
Prezident joriy yil oxirigacha vaksinaning paydo bo‘lishi uchun "yaxshi imkoniyat" borligini ta’kidlagan.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina ishlari bilan Pentagon shug‘ullanmoqda. 
 
Avvalroq, Tramp Xitoy davlatini AQSH aholisini niqob taqishga majbur qilib qo‘yganlikda ayblagandi.
 
Ma’lumot uchun, koronavirus bo‘yicha AQSH dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Mamlakatning 8 milliondan ortiq aholisi koronavirus bilan kasallangan. 223 mingdan ortiq odam vafot etgan. 3 milliondan ortiq amerikalik sog‘ayib ketgan.

Maqola muallifi

Teglar

Vaktsina

Baholaganlar

151

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing