Tojik-qirg‘iz mojarosi: harbiylar chekinmoqda. Japarov xalqqa murojaat bilan chiqdi

Olam

image
Mirziyoyev Rahmon bilan tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi north_east

Mirziyoyev Rahmon bilan tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

Bugun, 30 aprel kuni Tojikiston va Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng tomonlar barcha masalalarni faqat muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga tayyor ekanliklari to‘g‘risida qo‘shma bayonot berdi.

Bayonotda quyidagilar qayd etilgan: 

  • 30 aprel soat 13:00 dan boshlab barcha qo‘shin turlari va harbiy texnikalarni chegara hududlaridan olib chiqish va joyiga qaytarish boshlandi;
  • fuqarolarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun yo‘llar ochiladi;
  • 1 may kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatida hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilgan Sadir Japarov qirg‘izistonliklarga chegaradagi vaziyat yuzasidan murojaat qildi:

“Hozirgina Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazdik. Chegara bilan bog‘liq muammolarni va boshqa barcha masalalarni muzokaralar orqali tinch yo‘l bilan hal qilishga kelishib oldik.

Tashabbus ko‘rsatib, Botkenga yordam ko‘rsatish uchun borishni niyat qilgan vatanparvar fuqarolarimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shuningdek, men ulardan hissiyotlarga berilmaslikni so‘rayman. Biz hamma narsani tinch yo‘l bilan hal qilamiz!”

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari o‘rtasi bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida Japarov va Rahmon may oyining ikkinchi yarmida Dushanbeda yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishga kelishib olgan.

O‘z navbatida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi inqirozli vaziyatni hal qilishda vositachilik qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro

Joriy yilning 17 aprel kuni Tojikiston va Qirg‘izistonning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida janjal yuz berdi. Bunga Qirg‘iziston tomoni Tojikiston bilan kelishmasdan ikki davlat uchun umumiy bo‘lgan asosiy suv taqsimlash inshooti – “Golovnaya” oldida ko‘prik qurish harakatini boshlagani sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Tojikiston tomoni “Golovnaya” suv taqsimlash punkti yonidagi elektr ustuniga videokameralar o‘rnatishni boshlagan. Bundan norozi bo‘lgan qirg‘izlar kameralarni olib tashlashni so‘ragan. Shu bilan 28 aprel kuni ikki tomon o‘rtasida dastlab, og‘zaki haqorat va aytishuvlar so‘ngra, bir-biriga tosh otish boshlangan.

Keyinchalik mojaroga ikki tomon chegara qo‘shinlarining aralashuvi oqibatida toshbo‘ron otishmaga aylanib ketdi. Vaziyatning keskinlashishi ortidan ikki mamlakat chegara tomon qo‘shimcha harbiy bo‘linmalar yubordi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 29 aprel kuni Qirg‘iziston hukumati a’zolari bilan Botken viloyatidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi vaziyat bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Bishkekda esa botkenliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyish boshlandi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston ikki qo‘shni respublika chegarasidagi mojaroga munosabat bildirib, tomonlarni to‘qnashuvlarni darhol tugatish, vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shma choralarni ko‘rish va ziddiyatlarning yanada oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirdi.

29 aprel kunining birinchi qismida boshlangan ikki o‘rtadagi otishma tomonlarning sa’y-harakatlari bilan kunning oxirida to‘xtatildi

Biroq, 29 aprel kuni tuzilgan o‘q uzishni to‘xtatish to‘g‘risidagi sulh uzoqqa bormadi. Ertasi kuni, ya’ni 30 aprelda yana harbiy harakatlar boshlangani haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

527

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing