Tojik-qirg‘iz chegarasida o‘t ochish to‘xtatildi
Olam
−
28 yanvar 2022
5580Bir kun avval qurolli to‘qnashuv yuz bergan tojik-qirg‘iz chegarasi hududida otishma Tojikistonning So‘g‘d viloyati rahbari va Qirg‘izistonning Botken viloyati gubernatori o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng to‘xtatildi. Bu haqda So‘g‘d viloyati rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“So‘g‘d viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda va Qirg‘izistonning Botken viloyati gubernatori Abdukarim Alimboyev o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yo‘llar ochiq, qo‘shinlar olib chiqildi. Qo‘shma komissiya 28 yanvar kuni ertalab tergovni boshlaydi”, deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, yaradorlar va halok bo‘lganlar bo‘yicha yakuniy ma’lumotlar aniqlanmoqda.
Mojaro tomonlari o‘rtasidagi muzokaralar bugun, 28 yanvar kuni huquq-tartibot idoralari vakillari va chegaradosh viloyatlar raislari ishtirokida davom etadi.
Avvalroq, qirg‘iz-tojik chegarasida harbiylar o‘rtasida otishma bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi kuchlari, shuningdek, Respublika armiyasi va politsiyasi Tojikiston bilan chegaraga olib kelinishi boshlangani aytilgandi.
LiveBarchasi