“Tottenxem” 50 million yevrolik transferni e’lon qildi

Sport

−

image

Angliyaning “Tottenxem” klubi Germaniyaning “Volfsburg” jamoasi a’zosi Mikki van de Venni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

22 yoshli himoyachi London klubi bilan 6 yil muddatga shartnoma imzoladi. Yangi jamoasida u 37-raqam ostida o‘ynaydi. “Shporlar” Van de Ven transferi uchun nemis klubiga 50 million yevro to‘laydi.

Van de ven 2021 yildan beri “Volfsburg”da o‘ynab kelayotgandi. U Germaniya klubi tarkibida 41 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tottenxem” klubi sardori Harri Keynga Saudiya Arabistoni klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. “Al-Hilol” jamoasi angliyalik 29 yoshli hujumchi transferi bo‘yicha vositachilar bilan muzokara olib borgan. Biroq Keynga PSJ va “Bavariya” kabi top jamoalar ham da’vogarlik qilayotganda, Saudiya klubini tanlashi dargumon.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing