Husanovning jamoadoshi Londonga o‘tishi mumkin 

Sport

image

Londonning “Tottenxem” klubi “Manchester Siti”  hujumchisi Savinoni sotib olish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Londonliklar yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida bir necha variantlarni ko‘rib chiqayotgan bo‘lsa-da, aynan Savino murabbiylar shtabi rejasida asosiy nomzod sifatida qayd etilgan. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, “Spurs” va “Siti” rahbariyati o‘rtasida to‘lov miqdori va shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralar allaqachon boshlangan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, futbolchi ham transferga rozi. Savino yangi jamoada doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayotgani aytilmoqda.

Shuningdek, transfer summasi atrofida hali yakuniy kelishuv bo‘lmagan bo‘lsa-da, “Tottenxem” rahbariyati tez orada muzokaralarni ijobiy yakunlashga umid qilmoqda. Bu o‘zgarish London klubining hujum chizig‘ini yanada kuchaytirishi va yangi mavsum oldidan jamoaning ambitsiyalarini oshirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Son Xyon Min “Tottenxem”dan ketishini e’lon qilgan edi. Hozirda “Spurs” Soning o‘rni to‘ldirish  to‘ldirish uchun harakat qilmoqda.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tottenxem Manchester Siti Son Xyon Min Husanov Savin'o

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing