Son Angliya chempionatida hech kim qilmagan ishni uddaladi

Sport

image

“Tottenxem” hujumchisi Son Xyon Min Angliya Premer-ligasi tarixida to‘rtta amaldagi chempionlar darvozasiga gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

“Shporlar”ning 31 yoshli koreyalik forvardi bir kun avval “Etihad” stadionida “Manchester Siti” bilan APL 14-tur uchrashuvida gol urdi. Uchrashuv 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi. Bahsda Son avtogol ham kiritdi. Ilgari “Tottenxem” hujumchisi “Liverpul”, “Chelsi” va “Lester”ga qarshi o‘yinlarda gol urishga muvaffaq bo‘lgan – Son bu jamoalar darvozasiga gol urgan paytda yuqorida nomlari keltirilgan klublar Angliyada amaldagi chempion bo‘lgan.

Joriy mavsumda Son Xyon Min Angliya chempionatida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 14 turdan keyin “Tottenxem” 27 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem Son Xyon Min

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing