Son Xyon Min Yevropaga qaytishi mumkin
Sport
−
22 Oktabr 2917 2 daqiqa
Janubiy koreyalik futbolchi Son Xyon Min 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda. Son MLS'dagi joriy mavsum yakunlangach, qisqa muddatli ijara asosida Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Sports Chosun” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Son Xyon Minning oldida turgan variantlar orasida eng maqbuli sifatida Italiyaning “Milan” jamoasi ko‘rilmoqda. Sonning bu qarori afsonaviy futbolchi Devid Bekxem yo‘lini eslatadi. Bekxem ham 2007 yilda MLS'dagi “Los-Andjeles Gelaksi”ga o‘tganidan so‘ng, 2009 yilda “Milan”ga ijaraga borib, 2010 yilgi Jahon chempionatiga shunday tayyorgarlik ko‘rgan edi.
Son Xyon Min ayni damda MLS'ning “Los-Anjeles” klubi safida o‘ynamoqda. U jamoaga yozda “Tottenxem”dan o‘tgan edi. Son “Los-Anjeles” safida 10 o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Los-Anjeles” 2025 yilgi MLS mavsumini G‘arbiy konferensiyada uchinchi o‘rinda yakunladi va pley-off bosqichida chempionlik uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Mavsum tugagach, Son Xyon Min Yevropaga ijaraga o‘tish orqali o‘z formasini saqlab qolish va 2026 yilgi Jahon chempionatiga maksimal tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, agar transfer amalga oshsa, Sonning “Milan”dagi ijara shartnomasi 2026 yil boshida boshlanib, MLS'ning yangi mavsumi boshlanguniga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, Son Xyon Min 2015 yildan 2024 yilgacha “Tottenxem” jami 396 ta o‘yinda maydonga tushib, 162 ta gol va 81 ta golli uzatmani muallifi hisoblanadi. Son 2021-2022 yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumida Muhammad Saloh bilan birgalikda “Oltin butsa” sovrinini qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi