Messi MLS’da mavsumning eng yaxşi töpurari böldi
Sport
−
12:34 235 1 daqiqa
“Inter Mayami” jamoasining argentinalik futbolçisi Lionel Messi 2026 yilgi Oliy futbol ligasi (MLS) muntazam mavsumining eng yaxşi töpurari böldi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi.
Çempionat yakuniga köra, 39 yoşli argentinalik futbolçi 31 ta uçraşuvda 26 ta gol urdi. Liganing “Oltin butsa” sovrini uçun kuraşda Messi xorvatiyalik Petar Musa (“Dallas” – 22 ta gol) va Angliya terma jamoasi vakili Sem Sarrij (“Neşvill” – 21 ta gol)ni ortda qoldirdi.
Messi MLS tarixida ketma-ket ikki mavsumda çempionatning eng yaxşi töpurari bölgan birinçi futbolçiga aylandi. Şuningdek, u uşbu sovrinni ikki marta qölga kiritgan oltinçi futbolçi böldi.
Ma’lumot uçun, “Inter Mayami” muntazam mavsumni Şarqiy konferensiyada ikkinçi örinda yakunlab, MLS pley-off bosqiçiga yöl oldi. Endilikda jamoa birinçi bosqiçda uç öyingaça davom etadigan seriya doirasida “Kolambus Kryu” bilan töqnaş keladi.