Messi jarimaga tortildi
Sport
−
10:55 842 1 daqiqa
MLS Intizom qo‘mitasi “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messini muntazam chempionat uchrashuvidagi harakatlari uchun jarimaga tortdi. Bu haqda liganing intizom qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hodisa “Inter Mayami” va “Filadelfiya Yunion” o‘rtasidagi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan vaqtda sodir bo‘ldi. Messi “Filadelfiya” yarim himoyachisi Kuinn Sallivan bilan tortishib qolgan va uning bo‘yin qismiga qo‘li bilan tekkan.
MLS Messini raqib futbolchisining yuzi, boshi yoki bo‘yniga qo‘l tekkizishni taqiqlovchi qoidani buzgan deb topdi. Argentinalik futbolchiga jarima berildi, biroq uning miqdori oshkor qilinmadi. Shu sababli Messi keyingi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv joriy yilning 20 avgust kuni bo‘lib o‘tgan va 2:2 hisobida yakunlangan. Messi “Inter Mayami”ning gollaridan biriga mualliflik qilgan edi.
Live
Barchasi