Messi otasi vafotidan keyingi ilk golini urdi
Sport
−
10:06 405 1 daqiqa
Bugun, 20 avgust kuni Shimoliy Amerika futbol oliy ligasi (MLS) muntazam mavsumi doirasida “Inter Mayami” safarda “Filadelfiya Yunion” bilan durang o‘ynadi. Unda Messi otasi vafotidan keyingi ilk golini urdi.
AQSHning Pensilvaniya shtatidagi Chester shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Mezbonlar safida Indiana Vassilev (11-daqiqa) va Nil Per (58) gol urgan bo‘lsa, mehmonlar tarkibida Daniel Pinter (21) hamda Lionel Messi (26) o‘z nomini tabloga yozdirdi.
Uchrashuvning qo‘shimcha vaqtida “Inter Mayami” futbolchisi Kavan Sallivan va “Filadelfiya Yunion” vakili Yannik Brayt qizil kartochka oldi.
Bu gol Lionel Messining otasi Xorxe Messi vafotidan keyingi birinchi goli bo‘ldi. Xorxe Messi 7 avgust kuni Rosario shahridagi shifoxonada 68 yoshida vafot etgan. Uning dafn marosimi 9 avgust kuni yaqinlari ishtirokida yopiq tarzda o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV argentinalik futbolchining otasi Jahon chempionati vaqtida jiddiy kasallik bilan kurashayotgani haqida xabar bergan edi. Dafn marosimidan so‘ng Messi ijtimoiy tarmoqlarda otasiga bag‘ishlangan xayrlashuv posti bilan bo‘lishdi.
“Inter Mayami” g‘alabasiz seriyasini uchta o‘yinga yetdi va Sharqiy konferensiya turnir jadvalida 39 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Filadelfiya Yunion” esa 20 ochko bilan 13-pog‘onada joylashgan.
Live
Barchasi