Grizmann MLS’da mavsumning eng yaxşi yangi öyinçisi deb topildi

Sport

−

image

“Orlando Siti”ning fransiyalik hujumçisi Antuan Grizmann 2026 yilgi MLS mavsumining eng yaxşi yangi öyinçisi deb topildi. Bu haqda turnirning rasmiy saytida xabar berildi.

35 yoşli futbolçi ovoz beriş jarayonida 51,02 foiz ovoz töpladi. U bu körsatkiç böyiça “Xyuston Dinamo” klubining braziliyalik futbolçisi Gilerme (25,12 foiz) hamda “Sporting Kanzas Siti” vakili Andre Luişni (6,19 foiz) ortda qoldirdi. Ovoz berişda klub vakillari, amaldagi futbolçilar hamda jurnalistlar iştirok etdi.

Grizmann 2026 yil yozida “Atletiko Madrid”dan ketganidan söng “Orlando Siti” safiga qöşilgan. Fransiyalik futbolçi muntazam mavsumda 18 ta öyin ötkazib, 14 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oşirdi.

Şuningdek, 2018 yilgi jahon çempioni MLS’ning “Yilning eng yaxşi yangi öyinçisi” mukofotini qölga kiritgan birinçi fransiyalik futbolçi böldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing