Son Angliya chempionati tarixiga kirdi

Sport

image

“Tottenxem” hujumchisi Son Xyon Min Angliya chempionati 16-turidan o‘rin olgan “Nyukasl”ga (4:1) qarshi o‘yinda penaltidan gol urdi. Bu gol futbolchining joriy mavsum chempionatdagi o‘ninchi goli bo‘ldi.

Shunday qilib, Son ketma-ket sakkizinchi mavsum APLda 10 tadan ortiq gol urdi. Janubiy koreyalik futbolchi ushbu natijaga erishgan liga tarixidagi yettinchi futbolchi bo‘ldi.

Songacha bu natijaga 11 mavsumda 10+ gol urgan Ueyn Runi, shuningdek, Frenk Lempard (10 mavsum), Serxio Aguero (9 mavsum), Harri Keyn (9 mavsum), Terri Anri va Sadio Mane (8 mavsum) erishgandi.

Ta’kidlash joiz, Son Xyon Min APLda 100 ta gol urgan birinchi janubiy koreyalik futbolchi hisoblanadi.

Forvard 2015/2016 yilgi mavsumdan buyon “shporlar” safida to‘p surmoqda. Umumiy hisobda futbolchi barcha musobaqalarda “shporlar” libosida 388 ta o‘yinda 154 ta gol urgan va 82 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

“Nyukasl” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Postekoglou shogirdlari APL turnir jadvalida 5-o‘rinda qoldi. “Shporlar” 16 uchrashuvda 30 ochko jamg‘ardi. 15 dekabr kuni londonliklar mehmonda “Nottingem Forest” bilan o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem Son Xyon Min

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing