“Tottenxem” Son bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi 

Sport

image

“Tottenxem” va Janubiy Koreya terma jamoasi vingeri Son Xyon Min London klubi bilan shartnomasini uzaytirish arafasida. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi va “Tottenxem” vakillari o‘rtasidagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar ancha oldinga siljigan.

Qayd etilishicha, “shporlar” Saudiya Arabistonining ba’zi klublari tomonidan qiziqish bo‘lishiga qaramay, yozda o‘z yetakchisini sotmasligi aniq.

Son Xyon Min 2015 yildan beri “Tottenxem”da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda vinger “shporlar” safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 50 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem Son Xyon Min

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing