Toshkentning to‘rtta kirish qismida ramziy darvozalar quriladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining to‘rtta kirish qismida ramziy darvozalar barpo etiladi. Bu haqda Prezidentning joriy yil 27 iyuldagi “Toshkent shahrini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 279- sonli qarorida so‘z boradi. 

Hujjatga ko‘ra, turistlar oqimini oshirish maqsadida shaharning Rohat, Bektemir, Erkin va Uch qahramon kirish postlarida ramziy darvozalar quriladi. Loyiha 2027 yilning dekabr oyiga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Toshkent shahar hokimligi, Turizm qo‘mitasi hamda Madaniy meros agentligi mas’ul etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezidentning mazkur qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi 35 ta bozor va savdo kompleksi hamda ularning shoxobchalari ommaviy savdolarga chiqarilishi haqida xabar berilgan edi. Ular qatorida “Farhod”, “O‘rikzor”, “Qo‘yliq” va “Ippodrom” kabi yirik bozorlar ham bor. Bundan tashqari, qaror bilan maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo markazlarida kitob do‘konlarini tashkil etish majburiy qilinadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing