Toshkentdagi yana ikki OTM masofaviy ta’lim shakliga o‘tdi
Jamiyat
−
26 mart 2021
13021Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ham ta’lim jarayonlari to‘liq onlayn ta’limga o‘tkazildi. Bu haqda OTMning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Bunga so‘nggi ikki kunda o‘quv binosida ikki holatda COVID-19 aniqlangan. Ular bilan muloqotda bo‘lganlar karantinga olingan.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda onlayn oraliq nazorat imtihonlari o‘tkazilayotgani sababli binoda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmayapti.
Institutdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda Singapurdagi hamkorlar bilan kelishgan holda OTM ma’muriyati 29 martdan o‘qishni masofaviy shaklga o‘tkazishga qaror qilingan. Bu holat joriy semestr yakuniga qadar davom etadi.
"Yuksalish" umummilliy harakati Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Islom akademiyasida 14 kunlik karantin e’lon qilindi. 26 martdan 6 aprelga qadar o‘quv jarayoni masofaviy ta’limga o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, bugungacha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkentdagi Inha universiteti, Toshkent transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vaO‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalarida koronavirus aniqlandi. Shuningdek, Moliya instituti ehtiyot chorasi sifatida masofaviy ta’lim shakliga o‘tdi.
LiveBarchasi