Toshkentdagi omborga o‘t ketdi
3-sahifa
−
12 avgust 3823 1 daqiqa
Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan omborxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in bugun, 12 avgust kuni soat 15:58 da Bektemir tumani Xusayn Bayqaro ko‘chasida joylashgan omborxonada sodir bo‘lgan. Voqea haqida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgach, yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan.
Yong‘in soat 16:49 da qurshab olinib, 17:02 da to‘liq o‘chirilgan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr