Poytaxt markazidagi “novostroyka”da yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 12 avgust kuni soat 08:57 da Mirobod tumani Amir Temur shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, mazkur hududda joylashgan yangi qurilayotgan binoda qurilish materiallari yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, soat  09:05 da qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga yetib borgan hamda yong‘in soat 09:09 da qurshab olinib, soat 09:10 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi do‘konlardan birida dahshatli yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing