Toshkentdagi “Mega Planet” savdo markazida namozxona ochildi
Jamiyat
−
11 iyun 2020 9683 1 daqiqa
Toshkent shahridagi “Mega Planet” savdo-ko‘ngilochar markazida namozxona tashkil etildi. Bu haqda markaz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Qadrli do‘stlar, sizlarga shuni ma’lum qilamizki, “Mega Planet” savdo-ko‘ngilochar markazimizda namozxona ish faoliyatini boshladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan namozxonalar tashkil etish belgilangandi.
Avvalroq, AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganini aytgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr