Rossiyada mast erkak namozxonani portlatmoqchi bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning Dzerjinskiy shahrida granata ko‘targan noma’lum shaxs namozxonaga bostirib kirdi. Bu haqda BAZA xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, 45 yoshli erkak namozxonaga bostirib kirib qo‘lidagi noma’lum jism portlovchi qurilma ekanini aytgan. Jamoatdagilar esa darhol politsiyaga murojaat qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib kelgach, erkak qo‘lga olingan. 

Gumondor hibsga olinib, Tergov qo‘mitasiga olib ketilgan. So‘roq jarayonida esa mast holdagi huquqbuzar granata o‘yinchoq ekanini, uni yaqin atrofdagi sartaroshxonadan o‘g‘irlaganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Barnaul shahrida masjidga hujum qilishni rejalashtirgan ukrainalik millatchi qo‘lga olingan edi. Maxfiy xizmatlarning xabariga ko‘ra, qo‘poruvchilik jarayonini amalga oshirmoqchi bo‘lgan shaxs 2000 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro bo‘lib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya namozxona granata mast erkak Dzerjinskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing