Turizm ob’ektlarida namozxona va tahoratxonalar bo‘lishi majburiy etib belgilanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonda ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, kelgusida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha bir qator yangi tartiblar o‘rnatiladi.

Xususan, Prezident farmoni loyihasiga muvofiq “O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori bo‘ylab joylashgan turizm infratuzilmasi ob’ektlarida diniy amallarni bajarish uchun shart-sharoitlar yaratish, namozxona va tahoratxonalar tashkil etish majburiy etib belgilanadi.

Shuningdek, “Umra+O‘zbekiston” ziyorat turizmi dasturi doirasida sayohatni amalga oshiruvchi yo‘lovchilar uchun O‘zbekistondan uchib ketishda pul to‘lanmasdan olib chiqishga ruxsat etilgan yuk og‘irligi qo‘shimcha 10 kilogrammga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining ziyorat turizm salohiyatini manzilli targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 7 mlrd so‘m yo‘naltirilishi belgilanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turizm namozxona

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing