“O‘zbekiston – iste’dodlar zamini” nomli global promoushen kampaniyaga start berildi
Biznes
−
05 iyun 3346 3 daqiqa
2025 yilning 4 iyun kuni “O‘zbekiston – iste’dodlar zamini” yoshlar harakati shaharchasida (O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydoni) Uzbekistan: Land of Talents global promoushen kampaniyasiнинг rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Katta sa’y-harakatlarni kreativ va media loyihalar orqali birlashtirish
Uzbekistan: Land of Talents global kampaniyasi O‘zbekiston uchun yangi, hozirgi zamon va global jarayonlarga mos brendni shakllantirishni maqsad qilgan. Ushbu kampaniya O‘zbekistonni inson kapitali orqali rivojlantirish siyosatiga uyg‘un holda, bu yo‘nalishda qilinayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida amalga oshiriladi.

Kreativ yondashuvlar, media va kontentga urg‘u beruvchi kampaniya barcha manfaatdor tomonlarini birlashtirishни ko‘zda tutadi, shuningdek, yirik xususiy bizneslarning ESG (korporativ ijtimoiy mas’uliyat) strategiyalarini amalga tatbiq etish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Kampaniya Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan hukumat ko‘magida amalga oshirilayotgan yoshlar harakati bilan boshlab berilmoqda. Uzbekistan: Land of Talents kampaniyasini Kapitalbank, Uzum hamda Ucell kabi xususiy sektor gigantlari qo‘llab-quvvatlamoqda. Katta ko‘lamdagi loyihaga strategik hamkor sifatida boshqa yirik kompaniyalar va steykxolderlarni faol jalb qilish rejalashtirilgan. Shuning uchun, 4 iyun kungi ochilish marosimiga ham O‘zbekistonda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar va xususiy sektorning muhim o‘yinchilari vakillari taklif etildi.

Media, kreativ sanoat, loyihalar menejmenti hamda O‘zbekiston va xorijda progressiv o‘zbekistonliklar bilan ishlash bo‘yicha to‘plagan ko‘p yillik tajribaga ega jamoa loyiha ijrochisi bo‘ladi. Tadbir davomida 2023 yildan boshlab “Iste’dodlar jamiyatini qurib” degan shior bilan nashrdan chiqayotgan Uzbekistan’s Club jurnalining navbatdagi soni taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Muqovasida “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov tasvirlangan jurnal doimgidek eng progressiv o‘zbekistonliklarning hikoyalari, fikr-mulohazalarini kreativ yondashuv bilan o‘zida jamlagan.

Jahon tajribasi
Marosimda ta’kidlanganidek, dunyoda turli mamlakatlar o‘zi uchun tayanch yo‘nalishlarni belgilab, ularni o‘zining mamlakat brendiga, global pozitsiyasiga uyg‘unlashtiradi.
Misol uchun:
Hindiston — “Incredible India” (Aql bovar qilmas Hindiston)
Turizm va axborot texnologiyalari mamlakati.
Ruanda — “Remarkable Rwanda” (Lol qoldiruvchi Ruanda)
Tozalik, IT va boshqaruvda afrikancha namuna.
Estoniya — “e-Estonia”
Raqamli davlat, texnologiya markazi.
Vetnam — “Make in Vietnam” (Vetnamda ishlab chiqaring)
Eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni autsors qilish uchun yangi manzil.
Gruziya — “Europe Starts Here” (Yevropa shu yerdan boshlanadi)
Oson biznes, shaffof boshqaruv.
O‘zbekiston uchun mos, yangi brend

Kampaniya g‘oyasiga ko‘ra, O‘zbekiston uchun esa ana shunday maqom bu – “Iste’dodlar yetishib chiqadigan mamlakat” degan brend bo‘la oladi. Aynan inson kapitali – iste’dodli, salohiyatli, mehnatkash va intiluvchan odamlar – O‘zbekistonning aktivi. Dunyoda ko‘plab mamlakatlar demografik inqiroz va aholi soni o‘smasligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. O‘zbekiston esa aholi soni o‘sishi va ta’lim sohasining rivojlanishi tufayli noyob demografik дивидендга ega bo‘lib qolmoqda. Shunday paytda foydali qazilmalar yoki boshqa tarmoqlar emas, aynan aholining intellektual faoliyatiga asoslangan sohalar (IT, biznes, kreativ sanoat, moliya va xizmatlar sektori (tertiary sector) kabilar) iqtisodiyotning драйверига aylanishi zarur.
Dunyo bo‘ylab o‘zbekistonliklar oddiy ishchilar bo‘lib emas, malakali mutaxassislar sifatida yetishib chiqishi ham kampaniyaning oliy maqsadlaridan biridir. Og‘ir sharoitlarda mehnat qiladigan hamyurtlarimiz O‘zbekistonga yuborayotgan pullar farzandlar kelajagi, ularning ta’limiga tikilishi uchun ham muvaffaqiyatli bo‘lish, ilm olish, dunyo miqyosiga chiqish kabilar millat orzu-havasiga, millionlab insonlarning idealiga aylanishi juda muhim.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr