O‘zbekistonda olingan xorijiy filmlarning xarajati qoplab beriladi
Madaniyat-san’at
−
20 noyabr 5722 2 daqiqa
Endilikda xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston hududida suratga olingan filmlar uchun xarajatlarning ma’lum miqdori davlat tomonidan qaytarib beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 20 noyabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z borgan.
Qarorga muvofiq, Qo‘mita respublika hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning bir qismini qaytarishni (Rebate) muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi.
Ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan xarajatlar summasi:
• 3 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 10 foiz;
• 3 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 15 foiz;
• 5 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 20 foiz;
• 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lsa – 25 foiz, biroq bitta film uchun 4 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
2026 yil 1 martdan boshlab nufuzli xorijiy kinokompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan filmlarning bevosita yoki bilvosita O‘zbekiston Respublikasi turistik jozibadorligi, tarixiy-madaniy merosi va boshqa muhim ijobiy jihatlarini namoyish qiluvchi qismini (epizodini) yaratganlik (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududida, o‘z pavilonlarida yoki kompyuter grafikasi yordamida) uchun haq to‘lash tartibi joriy etiladi.
Live
Barchasi