Endi hokimlarning sport böyiça maslahatçisi böladi
Sport
−
11:41 134 1 daqiqa
Özbekiston Respublikasi viloyatlarida sportni rivojlantiriş, aholini ommaviy sportga keng jalb etiş hamda sport sohasidagi işlarni muvofiqlaştiriş maqsadida hokimlarning sport böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etildi. Bu haqda Prezidentning keça, 16 noyabr kuni qabul qilingan “Sport sohasini raqamlaştiriş va samarali boşqaruv tizimini yölga qöyiş çora-tadbirlari töğrisida” qarorida söz boradi.
Prezident qaroriga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlarining sport böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etildi.
Ma’lum qilinişiça, maslahatçi vazifasini Özbekiston Milliy olimpiya qömitasining hududiy bölinmasi ijroçi direktori bir vaqtning özida bajaradi.
Uşbu lavozimga tayinlaş va undan ozod etiş Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlari tomonidan Sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qömitasi bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi.
Maslahatçilarning asosiy vazifalari aholini, ayniqsa yoşlarni ommaviy sportga jalb qiliş, hududlarda sport infratuzilmasini rivojlantiriş, sport musobaqalarini taşkil etiş va mahalliy hokimliklarning sport taşkilotlari bilan hamkorligini ta’minlaşdan iborat böladi.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr