Endi barcha hokimlar haftada 3 kun kambag‘allikni qisqartirish bilan shug‘ullanadi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonning barcha viloyat, shahar va tuman hokimlari butun iqtisodiy kompleks bilan haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Prezident bugun, 3 sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z ochdi. 

Qayd etilishicha Xorazm misolidagi tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani aytilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilangan.

Mazkur tizimga muvofiq, “mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi.

Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi.

Shuningdek, banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ushbu shtablarga joylardagi masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari butun iqtisodiy kompleks bilan haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur yig‘ilishda O‘zbekistonda qariyb 9 ming hokim yordamchisi lavozimiga qayta tayinlovlar bo‘lishi kutilayotgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing