O‘zbekistonda qariyb 9 ming hokim yordamchisi lavozimidan “uchadi”. Agar...

Jamiyat

image

O‘zbekistonda qariyb 9 ming hokim yordamchisi lavozimiga qayta tayinlovlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda bugun, 3 sentyabr kuni O‘zbekiston yetakchisi kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z ochdi.

Unda qayd etilishicha, kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechiladi.

Endi Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank hududlar salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi.

Tuman shtablari mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi.

Buning uchun 8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi, fidoyi va tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, ishiga noloyiqlar yangilanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident mazkur yig‘ilishda Piskent tumanini ajratilgan kreditlar sarfi yuzasidan tanqid qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing