Xon Saroy navbatdagi loyihani o‘z egalariga topshirdi!

Biznes

Bugun mingdan ortiq odam yangi xonadonga ega bo‘ldi. Qanday qilib deysizmi? Xon Saroy navbatdagi "Ocean" loyihasini muddatidan avval bitirib, kalitlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. 

Marosimda mehmonlarga o‘zbek estradasining yorqin vakillari: Rayhon, Shoxruhxon, Afruza, Nilufar Usmonova, Milena Madmusayeva ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi.

Kompaniyaning Toshkent shahrida faoliyat boshlaganiga 5 yil to‘ldi. Shunga qaramay, u allaqachon o‘nlab proyektlarni bitirib, mijozlarga topshirgan. Bunga qadar Navoiy shahrida ham bir qancha loyihalar muvaffaqiyatli yakunlangan. 

Xon Saroy qurilish ishlarini, asosan, Toshkent shahrining eng tinch, shinam va markaziy tumanlaridan biri Yunusobodda olib boradi. "Ocean" loyihasi ham azim poytaxtning Yunusobod tumani 16-mavzesi ro‘parasida joylashgan. 

"Ocean" loyihasi 8 ta blok va 8 ta kirish qismidan iborat. Dizaynni ta’riflashga hojat yo‘q. Kompaniya har bir qurilishga o‘zgacha uslub bilan yondashadi. Bu loyiha ham okean muhitini beruvchi dekoratsiyalar hamda moviy rang bilan bezatilgan. Loyihaning fasadi esa high-tech uslubida qurilgan.

Xon Saroy uchun mablag‘ emas, xaridorlarning ishonchi muhim. Shu sababli ham ochiq terassalar uy xarid qilgan mijozlarga bonus sifatida taqdim etiladi.  

Hudud aholining hayotiy ehtiyojlari uchun zarur barcha sharoitlarni bir yerda birlashtiradi. U o‘z ichiga xavfsiz bolalar maydonchasi, ekohudud, yerosti avtoturargohi hamda tijoriy maydonlarni qamrab oladi. 

Shuningdek, ochilish marosimi davomida Yashnobod tumanida qad rostlashi rejalashtirilgan yangi loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu "Xon Saroy afsonasi" loyihasidir.

Loyiha 8 ta blokdan iborat bo‘lib, har bir blok 16 qavatdan tashkil topgan. "Xon Saroy afsonasi" loyihasida har biri alohida terassaga ega jami 1216 ta xonadon qurilishi rejalashtirilgan.

Loyiha hududi xavfsizlik yuzasidan uzzukun kuzatuv kameralari bilan qo‘riqlanadi. Xonadon sohiblari uchun esa ochiq sport maydoni, yashil hudud, kafe va do‘konlar, yerosti va yerusti avtoturargohi quriladi. 

Tadbir davomida sovrinli savol-javob o‘yini o‘tkazildi. To‘g‘ri javob topgan mijozlarga kompaniya tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdim etildi. Yangi uy sohibiga aylangan odamlarning quvonchi bayramning ko‘tarinki kayfiyatiga ulanib ketdi.

Xon Saroy odamlar va yillar sinovidan o‘tgan kompaniya. Yaxshi kunlaringizni Xon Saroy uylarida kutib oling.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod xonadon avtoturargoh namozxona Dizayn Xon Saroy Ocean terassalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made