Toşkentdagi xonadonda gaz portladi (video)

3-sahifa

−

image

Toşkent şahar Uçtepa tumanida joylaşgan köp qavatli uylardan birida havo-gaz aralaşmasi çaqnaşi oqibatida bir kişi jarohatlandi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinişiça, hodisa bugun, 5 noyabr kuni soat 10:00 da Çilonzor 23-dahasidagi köp qavatli uylardan birining xonadonida sodir bölgan.

Xabar kelib tuşgaç, qutqaruv bölinmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Çaqnaş oqibatida qöşni xonadonning eşik va derazalariga qisman zarar yetgan.

Hodisa tufayli bir nafar fuqaro tan jarohati olgan. U malakali tibbiy yordam körsatiş uçun şifoxonaga yotqizilgan.

Bildirilişiça, hodisa oqibatida halok bölganlar yöq. Ayni paytda çaqnaşning kelib çiqiş sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Olmazor tumanida qurilayotgan binoda yonğin sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing