Toşkentda xorijliklar taşkil etgan noqonuniy koll-markazlar foş etildi
3-sahifa
−
441 2 daqiqa
Toşkent şahrida Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlatlari fuqarolari tomonidan taşkil etilgan ikkita noqonuniy koll-markaz faoliyatiga çek qöyildi. Tezkor tadbir davomida 122 nafar çet el fuqarosi aniqlanib, köplab texnik vositalar va 1 mingdan ortiq SIM-karta aşyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, noqonuniy koll-markazlar “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida DXX hamda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida ulardan 18,5 ming AQŞ dollari, 116,5 million söm, 67 ta noutbuk, 569 ta uyali aloqa vositasi, 6 ta Wi-Fi qurilmasi, 3 ta sun’iy yöldoş aloqa qurilmasi, 5 ta kompyuter, 3 ta planşet hamda xorijiy davlatlar mobil operatorlariga tegişli 1 mingdan ortiq SIM-karta olib qöyilgan.
Ma’lum qilinişiça, uşbu şaxslar Yevropa va Şarqiy Osiyo mamlakatlarida ommalaşgan onlayn-platformalar orqali firibgarlik sxemalarini amalga oşirgan. Şuningdek, virusli havolalar yuboriş orqali xorijiy davlatlar fuqarolarining pul mablağlarini özlaştiriş bilan şuğullangan.
Bundan taşqari, ular jami 64 895 USDT miqdoridagi kripto-aktivlarning noqonuniy aylanmasini amalga oşirgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Mirobod tumanida ön tört nafar fuqaro tomonidan taşkil etilgan noqonuniy onlayn koll-markaz aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi