Böstonliqda sintetik narkotik işlab çiqargan narkolaboratoriya aniqlandi (video)
3-sahifa
−
302 2 daqiqa
Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlab kelingan narkolaboratoriya aniqlandi. Tezkor tadbir davomida qariyb 4 kilogramm giyohvandlik vositasi musodara qilinib, ularning 12 684 dozasi aholi orasida tarqatilişining oldi olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning 24 noyabr kuni “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.
Aniqlanişiça, 1993 yilda tuğilgan, Toşkent viloyatida omborçi bölib işlagan şaxs yaşaş manzilida sintetik giyohvandlik vositalarini qölbola usulda tayyorlaş uçun maxsus narkolaboratoriya taşkil qilgan. U yerda giyohvandlik vositalarini tayyorlab kelgan.
Manzil közdan keçirilganda, 1,5 kilogramm alfa-PVP, 1 kilogramm spice va 50 gramm mefedron, şuningdek, elektron tarozilar, izolyatsiya materiallari, zip-paketlar hamda boşqa uskunalar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Tezkor tadbir davomida narkolaboratoriyani taşkil qilgan şaxs rahbarligida viloyat hududidagi 20 ta manzilga “zaklad” usulida yaşirilgan jami 1 kilogramm 165 gramm alfa-PVP, spice va mefedron ham aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Natijada jami qariyb 4 kilogramm sintetik giyohvandlik vositasi musodara qilinib, ularning 12 684 dozasi noqonuniy tarqatilişining oldi olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan narkolaboratoriyani taşkil qilgan şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-1-moddasi (Ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon va Surxondaryoda giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullangan şaxslar qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi