Toshkentdagi bozorda yong‘in bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 10 aprel kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan bozorda yong‘in bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, tumanning “Yangiqo‘rg‘on” MFY Tolariq ko‘chasida joylashgan ochiq pavilon tarzda jihozlangan savdo rastasida 30 kvadrat metr maydonda eski buyumlar  yongan.  

Yong‘in bo‘layotgani haqidagi xabar Toshkent shahar FVBga 22:55da kelib tushgan. Shu asnoda yong‘in qutqaruv bo‘linmalari soat 23:00da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 23:07da qurshab olingan va soat 23:09da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 27 mart kuni Toshkent shahridagi "zapchast" bozorida yong‘in chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in bozor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing