Toshkentda yerusti metro bekati tomidagi qoplamalar shamolda uchib tushdi (video)

Jamiyat

image

Kecha, 20 may kuni kuzatilgan shamol oqibatida Toshkentdagi yerusti metro bekatlaridan birining tom qismiga zarar yetgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi yerusti metrosi bekatlaridan birining tomidagi qoplamalar shamol oqibatida uchib tushgani aks etgan video tarqaldi. Videoda ayrim xodimlar qoplamalarni yerdan olayotganini ko‘rish mumkin.

Holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, kecha 20 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol kuzatildi. Toshkent shahri va viloyatida shamolning asoratlari sezildi.

Ijtimoiy tarmoqlrada shamol natijasida singan daraxtlar va undan zarar ko‘rgan avtomobillar surati tarqaldi.

Qayd etish kerakki, aprel oyida Toshkent metropoliteni tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Novza” bekatida poyezd to‘xtab qolgani haqida xabar berilgandi.

7 aprelda O‘zbekiston yo‘nalishining “G‘afur G‘ulom” bekatida texnik sabablarga ko‘ra yo‘lovchilar zaxiradagi poyezdga ko‘chirilgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda metroda poyezdlar to‘qnashib ketdi, deya talqin qilingandi.

8 aprel kuni Sergeli yo‘nalishida metro poyezdi harakati to‘xtab qolgandi. Yo‘lovchilar esa evakuatsi qilingan. 10 aprel kuni esa eng sharmandali va xavfli holat yuz berdi. Poyezd Chilonzor yo‘nalishidagi “Pushkin” va “Buyuk ipak yo‘li” bekatlari oralig‘ida eshiklarini yopmasdan harakatlandi. Bu vaqtda vagonda yo‘lovchilar bo‘lgan, albatta.

Keyinchalik Toshkent metrosidagi tabloda behayo yozuv paydo bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Metro

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing