Toshkentda talaba qizga tegajog‘lik qilgan 62 yoshli taksist qamaldi
3-sahifa
−
10:36
3869Toshkent shahrida mashinasiga o‘tirgan talaba qizga tegajog‘lik qilgan 62 yoshli erkak qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjatlari bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, huquqbuzar 2025 yil 22 yanvar kuni 16:30 da o‘z boshqaruvidagi Matiz’da yo‘lovchi talaba qiz N.X. bilan Yakkasaroy tumanidagi universitetga ketayotganida N.X.ga qaddi-qomatini tavsiflab, uning oyog‘iga teginib, unga shahvoniy shilqimlik qilgan.
Sud majlisida huquqbuzar M.S. aybiga qisman iqror bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, haqiqatdan ham 22 yanvar kuni soat 16:30 da boshqaruvidagi Matiz’da harakatlanib ketayotganida, Zangiota tumanidan bir yo‘lovchini universitetga olib kelib qo‘yish uchun olgan. Erkak avtomashinasida musiqani ovozini baland qilib eshitib ketganida, avtomashinaning orqa oynasi ochiqligi sababli, avtomashinaning saloni sovib ketgan, shunda u orqa oynani yopmoqchi bo‘lib qo‘lini cho‘zgan vaqtida qo‘li bexosdan N.X.ning oyog‘iga tegib ketgan.
Shunda u talaba qizni universitetga olib kelib qo‘ygan vaqtida N.X. avtomashinaning eshigini qattiq yopib tushib ketgan. Erkak esa N.X.ga avtomashinaning eshigini qattiq yopmasligini aytib baqirgan.
Sud qarori bilan erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41 1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 13 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor qamalgandi.
LiveBarchasi