Rossiyaning yana 8 mintaqasida migrantlarga 2 ta sohada işlaş taqiqlanadi
Olam
−
12:24 434 2 daqiqa
Rossiyaning sakkizta mintaqasida 2027 yilda migrantlarning taksi sohasidagi işi çeklanadi, Kaluga viloyatida esa ularni kurerlik faoliyatiga jalb qiliş ham taqiqlanadi. Bu haqda Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qiliş vazirligi tomonidan tayyorlangan xorijiy xodimlarning ruxsat etilgan uluşi töğrisidagi hukumat qarori loyihasida aytiladi.
Qayd etilişiça, taksiçilik uçun çeklovlar Mordoviya, Çuvaşiston, Tatarston, Udmurtiya, Sverdlovsk, Orenburg va Ulyanovsk viloyatlarida, şuningdek, Yahudiy muxtor viloyatida közda tutilgan.
Qarorni hukumat rahbari Mixail Mişustin imzolaşi kerak.
Loyihaga ilova qilingan materiallarda ayrim mintaqalarda çeklovlar joriy etilişiga asoslar keltirilgan. Mordoviyada taqiq zarurligi avariya holatlari statistikasi bilan izohlanmoqda: Respublika IIV ma’lumotlariga köra, 2024–2025 yillar davomida çet el fuqarolari iştirokida 24 ta yöl-transport hodisasi qayd etilgan bölib, ulardan oltitasi ölim bilan yakunlangan.
Yöl harakati qoidalari buzilişidan taşqari, asoslantiruvçi qismda taksi sohasidagi noqonuniy tadbirkorlik faoliyati ham tilga olinadi. Şuningdek, aniqlangan huquqbuzarlar köpinça tayinlangan ma’muriy jazolarni ijro etişdan böyin tovlaşi aytilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyada joriy yilning 3 noyabridan boşlab çet el fuqarolarini mamlakatdan ma’muriy tartibda çiqarib yuborişga asos böladigan huquqbuzarliklar röyxati kengaytirilgani, xususan, bunday huquqbuzarliklar soni 22 tadan 45 taga yetgani haqida xabar berilgan edi.