Koreyada özbekistonlik erkak 50 yoşli taksi haydovçisini döpposladi (video)
3-sahifa
−
11:54 1396 2 daqiqa
Janubiy Koreyada taksiçilik bilan noqonuniy şuğullanişi aytilayotgan özbekistonlik erkak uning faoliyati haqida politsiyaga xabar qilmoqçi bölgan 50 yoşlardagi mahalliy taksi haydovçisini kaltaklaşda gumonlanmoqda. Bu haqda “MoneyToday” xabar berdi.
Qayd etilişiça, taksi haydovçisi – A. ismli şaxs joriy yilning 18 oktyabr kuni ertalab Kyongi viloyatining Xvason şahridagi gavjum köçalardan birida özbekistonlik B. ismli erkak şaxsiy avtomobiliga yölovçilarni çiqarib, pul olayotganiga guvoh bölgan.
A. avtomobilidan tuşib, noqonuniy xizmat körsatişni töxtatişni talab qilgan. Söng politsiyaga xabar beriş uçun telefonini qöliga olganida, B. uning jağ qismiga muşti bilan zarba bergan. A. darhol huşini yöqotib, yerga yiqilgan.
Mahalliy telekanaldagi yangiliklar körsatuvida e’lon qilingan videoregistrator tasvirlarida B. yerda huşsiz yotgan A.ni tepişda va muştlaşda davom etgani aks etgan. B. heç qanday birinçi yordam körsatmasdan voqea joyini tark etgan.
Keyinroq öziga kelgan A. telefoni yöqolib qolganini bilib, maşinasidagi qöşimça telefon orqali politsiyaga xabar bergan. Yöqolgan telefon voqea joyidan taxminan 40 metr uzoqlikdagi dökondan topilgan.
A. öşa paytdagi voqeani eslay olmagani va faqat videoregistrator yozuvini körgaçgina hodisa tafsilotlarini bilganini aytgan. Unga “miya çayqalişi” taşxisi qöyilgan. U kuçli boş aylanişi va qörquv hissi sababli taksiçilik qilolmayotganini va rözğor tebratişda qiynalayotganini bildirgan.
A. hududdagi noqonuniy taksiçilik holatlari böyiça bir neça bor murojaat qilganini, ammo tegişli nazorat tadbirlari amalga oşirilmaganini ta’kidlagan. Politsiya dalillar yetarli emasligini aytgan bölsa, mahalliy hokimiyat politsiyaning hamkorligi zarurligini vaj qilib, mas’uliyatni bir-biriga ağdargan.
Ma’lumotlarga köra, noqonuniy xizmat körsatuvçilar mijozlarni Telegram yoki boşqa çatlar orqali yiğib, tölovni naqd pulda oladi. Şuningdek, A. uşbu avtomobillarning svetofor qoidalarini buzişi, xavfli haydaşi va me’yordan ortiq yölovçi taşişi tez-tez uçrab turişini aytib, xavfsizlik masalasidan xavotir bildirgan. Xabar beriş uçun zarur dalillarni özi töplaşga uringanda yana kaltaklanişdan qörqayotganini ham qöşimça qilgan.
Eslatib ötamiz, Janubiy Koreyada bosqinçilik va qotillik hamda boşqa ayblovlar bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan özbekistonlik 37 yoşli erkak Akmal Bozorov joriy yilning 16 oktyabr kuni ozodlikka çiqarilgandi.
Live
Barchasi