Toshkentda narkotik savdosiga oid reklama tarqatgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
18 aprel
2682Toshkent shahrida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanalning reklamasini tarqatgan shaxs ushlanib, 37,5 mln so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan surishtiruvlarda giyohvandlik moddalarining tarqatilishi aniqlangan. Mazkur ish bilan shug‘ullanayotgan 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro har bir reklamasi uchun 2 ming so‘mdan pul olayotganini va ishni yaqinda boshlaganini aytgan.
Bildirilishicha, ushbu holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida ko‘rib chiqilgan va fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 564-moddasi (giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan aybli deb topilgan.
Unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (37,5 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida 56 kilogramm kuchli ta’sir qiluvchi “pregabalin” moddasini kir yuvish kukuni ko‘rinishida olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushgan edi.
LiveBarchasi