Toshkentda metro poyezdidan shubhali buyum topildi. Yo‘lovchilar tushirib yuborildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent metropolitenining “Kosmonavtlar” bekatida poyezd vagonidan shubhali buyum topildi. Ushbu holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, kecha, 11 iyun kuni soat 11:50 da “Kosmonavtlar” metro bekatida 38-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan poyezdning uchinchi vagonida qarovsiz qoldirilgan shubhali buyum topilgan va bu haqda poyezd mashinistiga xabar berilgan.

Yo‘lovchilar va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi o‘rtasida kelishilgan ko‘rsatmalarga muvofiq, yo‘lovchilar ushbu bekatda poyezddan tushirilgan.

Qayd etilishicha, shubhali buyumni tekshirish uchun poyezd depoda joylashgan maxsus nazorat punktiga yuborilgan. Hozirda barcha yo‘nalishdagi poyezdlar jadval asosida harakatlanishda davom etayotgani ma’lum qilindi.

Metro voqealari

Qayd etish kerakki, joriy yilning aprel oyida Toshkent metropoliteni tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Novza” bekatida poyezd to‘xtab qolgani haqida xabar berilgandi.

7 aprelda O‘zbekiston yo‘nalishining “G‘afur G‘ulom” bekatida texnik sabablarga ko‘ra yo‘lovchilar zaxiradagi poyezdga ko‘chirilgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda metroda poyezdlar to‘qnashib ketdi, deya talqin qilingandi.

8 aprel kuni Sergeli yo‘nalishida metro poyezdi harakati to‘xtab qolgandi. Yo‘lovchilar esa evakuatsi qilingan. 10 aprel kuni esa eng sharmandali va xavfli holat yuz berdi. Poyezd Chilonzor yo‘nalishidagi “Pushkin” va “Buyuk ipak yo‘li” bekatlari oralig‘ida eshiklarini yopmasdan harakatlandi. Bu vaqtda vagonda yo‘lovchilar bo‘lgan, albatta.

Keyinchalik Toshkent metrosidagi tabloda behayo yozuv paydo bo‘ldi. Joriy yilning 21 may kuni Toshkentda yerusti metro bekati tomidagi qoplamalar shamolda uchib tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Metro

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing