Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan 14 bemor og‘ir ahvolda
Jamiyat
−
10 aprel 2020
9672O‘zbekistonda bir kunda koronavirusni aniqlash uchun 8 mingdan ortiq laboratoriya tahlillari olingan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov “O‘zbekiston 24” telekanali efirida ma’lum qildi.
Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda davolanayotgan 200 dan ortiq koronavirusga chalingan bemorlarning 14 nafari og‘ir ahvolda qolyapti.
“Hozirga kelib O‘zbekistonda koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan bemorlarning umumiy soni 624 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy tekshirish institutidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda ushbu institut klinikasida davolanayotgan 98 nafar bemorning 25 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 9 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti rahbariyatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 110 nafar bemorning 5 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanyapti.
Hurmatli fuqarolar hozirgi vaqtda 86 mingdan ortiq fuqarolar karantin muddatini o‘tayapti. Bir kunda respublika bo‘yicha 8200 dan ko‘proq laboratoriya tahlillari o‘tkazilgan. Mana shu tahlillar natijasida bemorlarni aniqlanish ko‘rsatkichi 0,4-0,5 foiz oralig‘ida bo‘lyapti”, dedi Nurmat Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 624 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 38 nafari davolandi va 3 nafari vafot этди.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi